13:26 / 24.12.2018
3 350

Stounxenjning siri oshkor qilindi

Stounxenjning siri oshkor qilindi
Arxeologlar folkton do‘mbiralari - yoshi 4-4,6 ming yil bo‘lgan qadimiy tosh silindrlar nima maqsadda xizmat qilganini aniqladilar. Ma’lum bo‘lishicha, zamonaviy Angliya shimolida yashagan qabilalar ulardan megalitik inshootlar, jumladan, Stounxenjni qurish uchun o‘lchov asboblari sifatida foydalanishgan. Bu haqda Daily Mail'ga tayanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.

1889 yilda bolalar qabridan topilgan silindrlar murakkab o‘yma naqshlar bilan bezalgan bo‘lib, o‘shandan beri bir necha bor o‘rganildi. Ammo, tadqiqotchilar endigina bu artefaktlardan nima maqsadda foydalanilganini aniqlashdi. Olimlar har bir do‘mbiraning atrofini o‘lchashdi hamda agar katta silindr arqon bilan yetti marta o‘ralsa, u holda o‘lchangan uzunlik 3.22 metrga teng bo‘lishini bilib olishdi. Agar o‘rtacha silindr sakkiz marta yoki eng kichkinasi 10 marta o‘ralsa ham, xuddi shu son paydo bo‘ladi.

Arxeologlarning so‘zlariga ko‘ra, silindrlar Stounxenjda trilitlar - biri boshqa ikkitasining ustida turadigan, uchta toshdan iborat inshootni qurishda foydali bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Qadimiy odamlar folkton do‘mbiralari atrofida arqon o‘rab yoki artefaktlarni yerda aylantirib, kerakli uzunlikni o‘lchashgan. Bu ularga bir xil balandlikdagi katta toshlardan qurilish uchun foydalanish imkonini bergan. Hozirgi kunda bularning barchasi o‘lchov asboblarisiz, taxminan qilingan, deb hisoblanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Stounxenjning siri oshkor qilindi