10:28 / 01.01.2019
3 463

Isroil bosh vaziri iste’foga chiqishni istamayapti

Isroil bosh vaziri iste’foga chiqishni istamayapti
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘ziga korrupsiyaga aloqadorlik bo‘yicha ayblovlar qo‘yilsa, lavozimini tark etishni mo‘ljallamayapti. Bu haqda i24 News telekanali xabar qilgan.

Netanyaxu bunday bayonotni Braziliyadagi matbuot anjumanida berdi, u yerda bosh vazir prezident Joze Bolsonaruning inauguratsiyasiga bag‘ishlangan tantanali marosimlarda ishtirok etyapti.

«Men iste’foga chiqmoqchi emasman», - deya ma’lum qildi Netanyaxu.
Telekanaldan qo‘shimcha qilishlaricha, ayblovlar qo‘yilgan taqdirda Isroil bosh vaziri faqat o‘zining apellyatsion resursi tugagach, iste’foga chiqishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil bosh vaziri iste’foga chiqishni istamayapti