14:29 / 05.01.2019
3 535

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 15 yil muddatga qamalishi mumkin

Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 15 yil muddatga qamalishi mumkin
2018 yil 26 dekabr kuni Qirg‘iziston sobiq bosh vazir Sapar Isoqovga Bishkek IEMni modernizatsiya qilish ishi bo‘yicha «Korrupsiya» moddasi bo‘yicha yakuniy ayblov qo‘yildi.

Tazabek’ga uning advokati Nurbek Toktakunovning xabar berishicha, S.Isoqov Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksi 303-moddasi ikkinchi qismi (uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma manfaatlarini ko‘zlab qilingan yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qasddan sodir etilgan harakat, mulkni musodara qilish va 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan ayblanmoqda.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, Sapar Isoqov Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tergov hibsxonasida 2019 yil 13 fevralgacha qoladi.

«Ayblov cho‘zilib ketgan, sababi ular pul mablag‘larini o‘tkazish to‘g‘risida hech qanday dalil topolmadi. Ular oddiygina virtual hisob-kitob qilib, 2016 yilgi Rossiya narx katalogini olishdi. Natijada 111 million dollar kelib chiqdi. Ya’ni, oddiygina matematik hisoblash orqali aniqlashdi, chunki ular hech qanday moddiy dalilga ega emaslar», - deydi N.Toktakunov.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, 2018 yilning 31 dekabrida S.Isoqovga Tarixiy muzeyni ta’mirlash bo‘yicha ham ayblov qo‘yildi.

«Bu alohida jinoiy ish. Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga binoan ular bir ishga qo‘shilishi kerak, biroq ishlarni alohida-alohida sudga yuborishmoqchi. Bu noto‘g‘ri, sababi tergov bosqichida ular bitta ishga birlashtirilishi lozim. Biz ko‘proq ayblovlarni kutmoqdamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.

Avvalroq, 2018 yil 30 noyabr kuni Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi sobiq bosh vazir Sapar Isoqovni 2019 yil 5 yanvarga qadar hibsda qoldirish haqida qaror chiqargandi.

Ma’lumot uchun: Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Sapar Isoqov 2018 yil 5 iyun kuni qo‘lga olindi. Mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi S.Isoqovga Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 303-moddasi 1-qismi (korrupsiya) bilan ayblov qo‘ydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri 15 yil muddatga qamalishi mumkin
[/banner_pushhouse