09:00 / 08.01.2019
2 776

Kim Chen In Xitoyga tashrif bilan keldi

Kim Chen In Xitoyga tashrif bilan keldi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga ko‘ra Xitoyga keldi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi. Kim Chen Inning tashrifi 10 yanvargacha davom etadi.

Avvalroq Janubiy Koreya va Xitoydagi manbalar shimoliy koreyalik yuqori lavozimdagi amaldor bo‘lgan poyezd Xitoy chegarasini Dandun stansiyasida kesib o‘tganini ma’lum qilgan. Poyezd kelishiga yaqin Xitoy xavfsizlik idoralari xodimlari kelib, stansiyaga olib boruvchi yo‘llarni to‘sishgan. Poyezd chegarani kesib o‘tib, yo‘lida davom etgandan keyingina soqchilar olingan.

Bu bir yildan kamroq vaqt ichida Kim Chen Inning Xitoyga 4-tashrifidir. U o‘tgan yilning 25-28 mart, 7-8 may va 19-20 iyun kunlari ham Xitoyda tashrif bilan bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Xitoyga tashrif bilan keldi
[/banner_pushhouse