Sog‘lom hordiq uchun eng yaxshi shaharlar ma’lum qilindi

Sog‘lom hordiq uchun eng yaxshi shaharlar ma’lum qilindi
Parij sog‘lom hordiq uchun eng yaxshi shaharlar elliktaligi yetakchisi bo‘ldi. Bu haqda Daily Mail"ga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.

TravelSupermarket resursi mutaxassislari reytingni tuzishda shahardagi bog‘lar, sport zallar, spa-salonlar, yoga studiyalari, vegetarian restoranlar va sog‘lom oziq-ovqat do‘konlari hamda yildagi quyoshli kunlar sonini hisobga olishgan. Shuningdek, ushbu shaharda bo‘lish xarajatlari hisobga olingan.

Yetakchi beshtalikka Tailandning Chiang May (2-o‘rin) va Pattaya (4-o‘rin) kurortlari, Ispaniyaning Barselonasi (3-o‘rin) va Kanadaning Vankuveri kiritilgan.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Mayami (AQSh), San-Fransisko (AQSh), Lissabon (Portugaliya), Denpasar (Bali, Indoneziya) va Buenos-Ayres (Argentina) kirgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar