5 342
AQSh va Shimoliy Koreya maxfiy xizmatining o‘n yil davom etgan sirli aloqalari fosh bo‘ldi
AQSh va Pxenyan o‘trasidagi rasmiy diplomatik aloqa kanalidan tashqari axborot almashish uchun yana bir sirli aloqalar kanali borligi ma’lum bo‘ldi deb yozadi Daryo nashri.
U markaziy razvedka boshqarmasi va Shimoliy Koreya razvedka xizmatchilari o‘rtasida bo‘lgan. Ularning 10 yil davomida o‘zaro sirli aloqalarda bo‘lishi diplomatik faoliyatdagi qiyinchiliklarni qoplashga yordam bergan. Aloqa kanali 2009 yilda yaratilgan. Shimoliy Koreya tarfdan bu bilan Kim Yon Chxol shug‘ullangan.
AQSh hukumatiga Donald Tramp kelgach va Vashington va Pxenyan o‘rtasidagi rasmiy muloqot jarayoni boshlangan vaqtda Kim Yon Chxol ommaviy ravishda aloqa guruhiga qo‘shilgan. 18 yanvar kuni u davlat kotibi Maykl Pompeo bilan uchrashish maqsadida Vashingtonga kelgan.
Bunday aloqa kanalining ochilishiga AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi diplomatik aloqalarning yo‘qligi sabab bo‘lgan. Uchrashuvlar paytida Amerika tomoni Shimoliy Koreyada qo‘lga olingan amerikaliklarni ozod etishga uringan, siyosiy inqirozni bartaraf etish rejalarini muhokama qilgan.
Shimoliy Koreyaning raketa sinovlaridan keyin vaqtincha to‘xtatilganiga qaramay, 2017 yilda harbiy va diplomatik inqirozlar sharoitida aloqa kanali yana ishga tushgan.
Undan tarixda birinchi marta AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashgan Singapurdagi sammitga tayyorgarlik ko‘rishda foydalanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi