18:54 / 31.01.2019
16 003

“Apofis” asteroidi Yer bilan to‘qnashsa, insoniyatni qanday falokatlar kutadi?

“Apofis” asteroidi Yer bilan to‘qnashsa, insoniyatni qanday falokatlar kutadi?
“Apofis” asteroidi Yer bilan to‘qnashsa, ko‘pmillionli butun bir shahar sayyoramizdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, hozirda esa insoniyat qo‘lida ushbu ehtimoliy halokatning oldini olish imkoniyatlari mavjud emas.

Rossiya Fanlar akademiyasining Geosfera dinamikasi instituti laboratoriya mudiri, fizika-matematika fanlari doktori Valeriy Shuvalov TASSga bergan intervyusida shu haqda aytib o‘tdi.

Avvalrok, Sankt-Peterburg davlat universiteti olimlari 2068 yilda “Apofis” asteroidi sayyoramiz bilan to‘qnashuvi ehtimoli borligini ma’lum qilgan edi.

“Misol uchun, shunday hajmdagi osmon jismi (“Apofis“ning diametri 300 metrdan kattaroq) Moskvaga qulagudek bo‘lsa, shahardagi jamiki narsa yo‘q bo‘ladi. Moskva viloyati hududiga ham jiddiy talafot yetadi. Ionosferali nurlanish esa butun Yevropani qamrab oladi”, degan olim.

Uning qo‘shimcha qilishicha, shu kabi kattalikdagi osmon jismlari Yer bilan har 10-100 ming yilda to‘qnashishi mumkin. Hozirda insoniyat qo‘lida asteroid trayektoriyasini o‘zgartiradigan texnologiya mavjud emas. Mintaqalararo ballistik raketalar asteroid harakat yo‘nalishiga ta’sir qila olmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, “Apofis” asteroidi 2004 yilda Kitt-Pik observatoriyasi (Amerika, Arizona shtati) teleskoplari yordamida aniqlangan edi. Ushbu osmon jismi soatiga 30 kilometr tezlikda goh Yerga yaqinlashib, goh uzoqlashib harakatlanmoqda. 2029 yilda asteroid sayyoramizga 37-38 ming kilometr masofaga yaqinlashishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Apofis” asteroidi Yer bilan to‘qnashsa, insoniyatni qanday falokatlar kutadi?