Yaponiya Kuril orollariga da’vogarlik qilmaydi, biroq Tokio Kunashir, Iturup, Shikotan va Xabomai tizmasini arxipelagning bir qismi deb hisoblamaydi. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kommunistik partiya raisi Kadzuo Siining parlament quyi palatasidagi chiqishiga izoh berish vaqtida aytib o‘tdi.
“Shimoliy hududlar davlatimiz suvereniteti amal qiluvchi orollar hisoblanadi. Bu borada o‘zgarishlar yo‘q”, deb aytgan Abe.
Abe Yaponiya Kurillarga huquqdan 1951 yilgi San-Fransisko tinchlik sulhiga ko‘ra voz kechgani va uning qaytarilishini talab qilmasligini aytgan.
Abe Rossiya bilan tinchlik kelishuvi tuzish istiqbollari haqida gapirib, hududiy masalaning hal qilinishi Yaponiya uchun muzokaralarning bosh bandi hisoblanishini ta’kidlab o‘tgan.
Rossiya va Yaponiya o‘rtasida tinchlik kelishuvi yo‘qligi uzoq vaqtlardan beri bu ikki davlat muloqotiga putur yetkazib keladi. Yaponiya 1855 yilgi savdo va chegaralar haqidagi ikki tomonlama traktatga ishora qilgan holda yuqorida tilga olingan 4 orolga da’vogarlik qiladi.
1956 yilda Moskva tinchlik kelishuvi tuzilgandan keyin Xabomai va Shikotanning Yaponiyaga topshirilishi imkoniyati ko‘rib chiqilishiga rozi bo‘lgan. Sobiq ittifoq hududiy bahslarga nuqta qo‘yishni mo‘ljallagan, biroq Tokio barcha orollarga da’vogarlik qilishdan bosh tortishga rozi bo‘lmagan. Natijada kelishuv tuzilmagan.
Moskva pozitsiyasiga ko‘ra, ushbu orollar Ikkinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra sobiq ittifoq tarkibiga kirgan va ularning Rossiyaga tegishliligi shubha ostiga qo‘yilmaydi.
2018 yil noyabrda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Sindzo Abe Singapurdagi uchrashuvdan keyin tinchlik kelishuvi va Kurillar masalasi bo‘yicha muzokaralar jarayoni tezlatilishini e’lon qilishgan. Ayni vaqtda muzokaralar Tokio Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashi sababli murakkablashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi