
Angliyalik 72 yoshli Kliff Piter Barber 14 yildan beri Turkiyaning Mug‘la viloyatida yashaydi. “Yangi shafaq” nashrining yozishicha, yaqinda u Islom dinini qabul qildi.
Turkiyada o‘tkazgan yillari davomida Barber islomiy hayot tarziga qiziqib qoldi. Yaqinda u Fethiye shahridagi masjidga kelib, kalimai shahodatni aytdi va o‘ziga yangi ism tanlandi – Jamil. Mug‘la viloyatining din ishlari bo‘yicha departamenti unga Qur’oni Karimni sovg‘a qildi.
Jamil jurnalistlar bilan suhbatda Muhammad alayhissalom va Islom haqida ko‘p ma’lumot o‘qiganidan keyin Islom dinini yaxshi ko‘rib qolganini aytdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar