
AQSh prezidenti Donald Trampga kinematografdagi eng yomon natijalar uchun beriladigan “Oltin malina” mukofoti topshirildi.
“Malina” sovrindorlari an’anaviy ravishda “Oskar” mukofoti topshiriladigan kecha arafasida e’lon qilindi.
Tramp “Millat o‘limi” va “Farengeyt 11/9” hujjatli filmlarida o‘zini ijro etgani uchun “Eng yomon aktyor” yo‘nalishida “g‘olib” bo‘lgan. U, shuningdek, “Eng yomon duet” yo‘nalishi bo‘yicha ham e’tirof etilgan. Trampning bu yo‘nalishdagi duetdoshi sifatida uning “cheki yo‘q maydagapligi” qayd qilib o‘tilgan.
Shuningdek, Itan Koenning “Xolms va Vatson” filmi 2018 yilning eng yomon filmi deb topilgan.
“Eng yomon aktrisa” yo‘nalishida Melissa Makkarti (“Kattalar uchun o‘yinchoq” va “Kompaniya yuragi” filmlari) qayd qilib o‘tilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar