12:30 / 01.03.2019
4 294

Xitoy “plazma quroli”ni sinovdan o‘tkazmoqda

Xitoy “plazma quroli”ni sinovdan o‘tkazmoqda
Xitoylik harbiylar magnitlangan plazmada ishlovchi artilleriya qurilmasi sinovini o‘tkazishmoqda. Qurol 6 Maxdan kattaroq tezlikda gipertez snaryadlar ota oladi. Bu esa tovush tezligidan 6 mata ko‘proq deganidir. Bu haqda Xitoy OAVsiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Bunday kuch va ta’sir doirasiga ega qurol, ehtimol, jang maydonida katta ustunlikka aylanadi. Xitoy Qurolli kuchlari akademiyasi mutaxassislari yangi avloddagi qurol uchun patent olishga 4 yil avval ariza berishgan.

Patentda ta’kidlanishicha, magnitlangan plazma nazariy jihatdan armiyaning artilleriya kuchini oshirishi mumkin. Texnik hujjatlarga ko‘ra, o‘q otilganda stvol ichidagi harorat va bosim miqdori gazning bir qismini ionizatsiya qilib, uni plazmaga aylantiradi va stvolning ichki yuzasi bo‘ylab himoyalovchi plazma qobig‘ini hosil qiladi.

Snaryadning otilgandagi tezligi 6 Maxni tashkil qiladi. Ishlab chiquvchilarning aytishicha, plazma ishqalanishni kamaytirib, artilleriya qurolining kuchi va ta’sir doirasi uzoqligini kengaytiradi. Eng asosiysi, bunda zambarakning butligi xavf ostiga qo‘yilmaydi va uning xizmat qilish muddatini uzaytiradi.

Xitoyda «magnitlangan plazma» takomillashtirishlardan keyin tank yoki o‘ziyurar qurollarga oson o‘rnatilishi mumkin. Bu texnologiya 115 mmli o‘ziyurar gaubitsaning ta’sir qilish doirasini 30-50 kmdan 100 kmgacha yetkazishi mumkin. Bu esa raqibning strategik hududlaridagi mudofaasini oson barbod qilishda yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy “plazma quroli”ni sinovdan o‘tkazmoqda