Selin Dion olti yildan ortiq tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytdi

“Titanik” filmi saundtrekida yangragan “My Heart Will Go On” qo‘shig‘i bilan butun dunyoga tanilgan kanadalik xonanda Selin Dion 12 sentyabr kuni Parijda katta sahnaga qaytdi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
58 yoshli san’atkor Plenitude Arenada olti yildan ortiq tanaffusdan so‘ng ilk to‘liq konsertini berdi. Uning sahnaga qaytishi 2022 yilda unga tashxis qo‘yilgan kam uchraydigan nevrologik kasallik — mushaklar qattiqligi sindromi (stiff-person syndrome, SPS) bilan bog‘liq uzoq davom etgan tanaffusdan keyin yuz berdi. Ushbu kasallik mushaklarning qattiqlashishi va kuchli spazmlarga olib kelishi mumkin.
Konsert davomida xonanda 25 ta qo‘shiqni jonli ijroda kuyladi. Ular orasida “My Heart Will Go On”, “Because You Loved Me”, “The Power of Love”, “All By Myself” va boshqa mashhur asarlar bor.

Sahnaga chiqishi Dion uchun nihoyatda hayajonli kechdi. U ijro vaqtida ko‘z yoshlarini tiya olmadi va muxlislariga qaytishga bergan va’dasini bajarganini aytdi.
Shu tariqa, xonandaning Parijdagi chiqishi nafaqat muxlislar uchun uzoq kutilgan konsert, balki uning og‘ir xastalik bilan bog‘liq sinovlardan so‘ng sahnaga qaytishidagi muhim qadam bo‘ldi.






























Izohlar 0
…