
Foto: Sputnik
Avstraliyaning Sidney shahrida joylashgan Tarongo hayvonot bogʻida noyob turdagi qizil panda bolalari ommaga namoyish etildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Panda bolalari oʻtgan yilning dekabr oyida dunyoga kelgan. Bu noyob hayvonlarning dunyoga kelishi butun hayvonot olami uchun katta voqea boʻlgan.
Qizil panda yirtqich hayvon hisoblanadi. Ular asosan oʻsimlik bilan oziqlanadi.
Qizil panda tanasining uzunligi 51-64 santimetr, dumi esa 28-48 santimetrni tashkil etadi. Erkak pandaning vazni qariyb 3,7-6,2 kilogram, urgʻochisiniki esa 4,2-6,0 kilogramdan iborat.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar