19:30 / 31.03.2019
3 734

Ukraina prezidentligi saylovidagi dastlabki norasmiy natijalar

Ukraina prezidentligi saylovidagi dastlabki norasmiy natijalar
Jurnalist Mustafa Nayem Telegram-kanalida Ukraina prezidenti saylovining ekzitpol natijalarini eʼlon qildi.

Nayemning ixtiyoriga beshta soʻrovnoma natijalari kelib tushgan. Qonunchilikka koʻra, ovoz berish yakunlariga qadar ekzitpolni eʼlon qilish taqiqlanadi, mualliflar buni “ukrainlar qaysi alkogolni afzal koʻrishlari boʻyicha marketing tadqiqoti” nomi ostida tarqatishadi. Prezidentlikka nomzodlar alkogol ichimliklar markalari nomlari bilan shifrlanadi.

Saylov poygasi favoriti Vladimir Zelenskiyga “ZeBrovka” nomi mos tushgan, amaldagi prezident Petro Poroshenkoga — shokoladli likyor, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenkoga — “Vdova Kliko”, “Muxolifat platformasi — Hayot uchun” partiyasidan nomzod boʻlgan Yuriy Boykoga — “Boykaya” arogʻi.

Barcha soʻrovlar natijalariga koʻra Zelenskiy yetakchilik qilmoqda, uning koʻrsatkichlari 26,8 foizdan 28,8 foizgacha.

Beshta soʻrovdan toʻrttasining natijalari Zelenskiyning ikkinchi turdagi raqibi Poroshenko boʻlishini koʻrsatmoqda. Unga saylovchilarning 17,43 foizidan 20,5 foizigacha qismi ovoz bergan boʻlishi mumkin.

Soʻrovlardan birida Timoshenko ikkinchi boʻlgan. Ekzitpol maʼlumotiga koʻra, u 20,26 foizgacha ovoz olishi mumkin.

Bu uchlikka eng yaqin kelgan nomzod Boyko boʻlgan. Soʻrovlar unga saylovchilarning 14 foiz ovozini bermoqda.

Shuningdek, jurnalist Igor Gujvoy oʻzining Facebook tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilgan ekzitpolga koʻra ham, Zelenskiy yaqqol ustunlik qilgan. Ikkinchi oʻrinda Boykoni oz farq bilan ortda qoldirgan Poroshenko qayd etilgan. Timoshenko bu soʻrovga koʻra toʻrtinchi boʻlgan.

Nisbatan ishonchli boʻlgan “Milliy ekzitpol” maʼlumotlari ovoz berish yakunlanishi bilanoq, mahalliy vaqt bilan soat 20:00da (Toshkent vaqti bilan soat 22:00) eʼlon qilinadi.

Birinchi turda ovoz berish jarayoni 31 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan soat 10:00) boshlandi. Prezidentlikka jami 39 nomzod daʼvogarlik qilmoqda. Soat 17:00dagi maʼlumotlarga koʻra, saylovdagi davomat 43,86 foizni tashkil etgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina prezidentligi saylovidagi dastlabki norasmiy natijalar