
Orol Sitsiliya sohillaridan 300 metr narida, Palermo yaqinida joylashgan. Aytishlaricha, orolni oldiniga 3,5 million yevroga sotmoqchi boʻlishgandi. Biroq narxni koʻrgan xaridorlar ters oʻgirilgancha ketib qolaverishdi. Shundan keyin narxni bir million yevrogacha tushirishdi.
Bu orolda XVII asrda yaratilgan minoradan boʻlak hech narsa yoʻq. Minora toʻliq toshdan bunyod etilgan. Afsonalarga qaraganda, qachonlardir 13 nafar turk ayoli uyidan haydab solingan. Ular birlashib mana shu orolda uzoq va baxtli umr kechirishgan. Bundan tashqari, orol dayving bilan shugʻullanish uchun ham qulay maskan hisoblanadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar