Ukraina prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy jamoasi amaldagi davlat rahbari Pyotr Poroshenko va uning atrofidagilarga xorijga chiqish ta’qiqlanishi to‘g‘risidagi petitsiyani qo‘llab-quvvatladi deb yozadi Kun.uz nashri.
"Har bir jinoyat ishi uchun doimo munosib javob bo‘ladi", -deya qayd etgan Zelenskiy shtabi.
Zelenskiyning vakillari jurnalist Aleksandr Dubinskiyning Kiyev okrug ma’muriy sudiga prezident va parlament saylovlaridan so‘ng Pyotr Poroshenko, prezident administratsiyasi rahbari Igor Raynin va "Pyotr Poroshenko bloki" fraksiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Igor Kononenkolarga bir yil davomida mamlakatni tark etishni ta’qiqlash to‘g‘risidagi murojaatini ana shunday izohladi.
Hozirda sud mazkur da’vo bo‘yicha ish ochish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Avvalroq Zelenskiy o‘z shtabida 20ta yirik korrupsiyaga qarshi tashkilotlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgandi. U korrupsiyani Ukrainaning asosiy muammolaridan biri deb e’tirof etgan va mutaxassislarni bu muammoni birgalikda hal qilishga chaqirgan.
Politeka nashrining xabar berishicha, korrupsiyaga qarshi kurashish markazi rahbari Vitaliy Shabunin uchrashuv vaqtida hozirgi hukumat davrida davlat byudjetidan katta miqdorda mablag‘ o‘g‘irlangani haqida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?