53 yildan beri orolni yolg‘iz qo‘riqlayotgan 84 yoshli ayol

AQSHning Kamberlend orolida 53 yildan beri yash ishlab kelayotgan 84 yoshli ekolog va tabiatshunos Kerol Rakdeshel tashqi dunyodan deyarli uzilgan holda tabiatni qo‘riqlamoqda. U har kuni sohil bo‘ylab yurib, o‘simliklar va dengiz hayvonlarini kuzatadi hamda dengiz toshbaqalarining o‘lim sabablarini qayd etib boradi. Uning olib borgan izlanishlari tufayli dengiz toshbaqalarining kemalar to‘rlarida nobud bo‘layotgani aniqlanib, qonunchilikka o‘zgartishlar kiritilgan.
Bir paytlar “Amerikaning eng yovvoyi ayoli” deb atalgan 84 yoshli ekolog va tabiatshunos Kerol Rakdeshel so‘nggi 53 yildan buyon AQSHning eng chekka orollaridan biri — Kamberlend orolida yashab kelmoqda. U har kuni sohil bo‘ylab yurib, qushlar, dengiz hayvonlari va o‘simliklarni kuzatadi, dengiz toshbaqalarini o‘rganadi hamda ularning o‘limi sabablarini qayd etib boradi.
1973 yilda orolga ko‘chib o‘tgan Rakdeshel bugungacha tabiatni asrash uchun kurashib kelmoqda. Uning izlanishlari tufayli dengiz toshbaqalarining qisqichbaqa ovlovchi kemalar to‘rlarida nobud bo‘layotgani aniqlanib, qonunchilikka o‘zgartishlar kiritilgan. Shuningdek, u yillar davomida dunyodagi eng yirik dengiz toshbaqalari qoldiqlari to‘plamlaridan birini shakllantirgan.

Kerol deyarli tashqi dunyodan uzilgan holda yashaydi. U yomg‘ir suvini to‘playdi, bog‘dorchilik bilan shug‘ullanadi, sabzavotlar yetishtirib, tabiat ne’matlari hisobidan kun kechiradi. Shu bilan birga, oroldagi noyob o‘rmonlar va hayvonot olamini saqlab qolish uchun turli qurilish loyihalariga qarshi kurash olib boradi.
84 yoshiga qaramay, u hali ham orol kelajagini himoya qilishdan to‘xtamoqchi emas. Uning aytishicha, har kuni yangi narsani o‘rganish va tabiat bilan uyg‘unlikda yashash hayotining eng katta qadriyati hisoblanadi.






























Izohlar 0
…