
Venesuela poytaxti Karakasda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi.
Internetda tarqalgan videolardan birida namoyishchilar harbiy mashinalarga hujum qilgani, shundan so‘ng ulardan biri namoyishchilar ustiga yurgani va odamlar g‘ildiraklar ostida qolgani tasvirlangan.
Hozircha bu hodisa tafsilotlari haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Breaking: A military vehicle runs over pro-Guaido protesters in Caracas, Venezuela. pic.twitter.com/BxaUymaSuY
— PM Breaking News (@PMBreakingNews) April 30, 2019
Bugun, 30 aprel kuni Venesuelada muxolifat rahbari Xuan Guaydo mamlakat harbiylari o‘zi tomoniga o‘tgani va amaldagi prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan ag‘darishga qaratilgan «Ozodlik» harakatining «yakuniy bosqichi» boshlangani haqida e’lon qilib, armiya va xalqni navbatdagi namoyishlarga chorlaganidan keyin poytaxt Karakasda norozilik aksiyalari boshlanib ketdi.
Venesuela Mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes armiya Maduro tomonida qolganini e’lon qildi va Karakasda boshlangan to‘qnashuvlar davomida «qon to‘kilishlari» ro‘y berishi mumkinligini istisno etmadi.


Mahalliy nashrlarda tarqalgan boshqa bir videoda tasvirlangan to‘qnashuvda ikki tomonda ham harbiy formadagi qurollangan kishilar bir-biriga o‘t ochayotganini ko‘rish mumkin.
#UPDATE Venezuela's government has vowed to put down what it called an "attempted coup" as opposition leader and self-proclaimed acting president Juan #Guaido said troops had joined his campaign to oust President Nicolas #Maduro https://t.co/Q3nixWv5mU pic.twitter.com/ZNvX27s7Dw
— AFP news agency (@AFP) April 30, 2019
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar