Ukraina davlat tergov byurosi Pyotr Poroshenkoning davlatga ehtimoliy xiyonati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Davlat byurosining bildirishicha, gap 2018 yil 25 noyabrdagi voqealar, ya’ni Ukraina harbiy-dengiz kuchlariga qarashli kemalar Kerch ko‘rfaziga kirganligi holati to‘g‘risida bormoqda.
Mazkur holat bo‘yicha arizani Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ma’muriyati boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Andrey Portnov bergan. Portnovning bildirishicha, Poroshenko davlat rahbari lavozimida bo‘lgan chog‘ida mamlakatda harbiy holatni joriy etish uchun ukrain dengizchilarini qurbon qilgan va ularni Kerch ko‘rfaziga yuborib davlatga xiyonat qilgan.
2018 yil noyabrda Ukraina HDKning uchta kemasi Rossiya chegarasini buzib kirgan va xavfli manyovrlarni sodir etgan.
Chegarachilar kemalarni hibsga olgan. Kemalarda 24 nafar harbiy, jumladan, Ukraina xavfsizlik xizmatining ikki nafar xodimi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin