
Foto: Forum Daily
O‘tgan oyning oxirida izg‘irin bo‘lgan Rossiyaning Irkutsk viloyatidan tashqari boshqa viloyatlarda ham ob-havo yomon bo‘lmoqda. Bu haqda Forum Daily'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Yoz boshlanishiga qaramay, Yamalo-Nenetslari avtonom okrugining Tazovskiy tumanida qor yog‘di.
«Qish hali beri ketishni istamayapti, shekilli… Tazovskiy tumanida g‘ayritabiiy tabiat hodisasi ro‘y berdi: iyun oyida izg‘irin. Bunday paytda qor yog‘ishi oxirgi marta 2017 yil 12 iyunda kuzatilgan. Lekin bunday ob-havoni hatto qariyalar ham eslolmaydi», — deyiladi «VKontakte»dagi tuman guruhida.

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily

Foto: Forum Daily
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar