Rossiyada laboratoriya xodimining o‘limi: JSST xavfli kasallik tarqalishiga dalil topmadi

Dunyo1 daqiqa o'qish177
Rossiyada laboratoriya xodimining o‘limi: JSST xavfli kasallik tarqalishiga dalil topmadi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘latga qarshi ilmiy-tadqiqot markazida ishlagan xodimaning pnevmoniyadan vafot etishi ortidan xavotirlar yuzaga keldi. Biroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hodisa bilan bog‘liq kasallikning davom etayotgan tarqalishiga dalil aniqlanmaganini bildirdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2 oktyabr kuni 28 yoshli laboratoriya xodimi Darya Shipilova noma’lum sabablarga ko‘ra pnevmoniyadan vafot etgan. Shundan so‘ng Rossiya rasmiylari u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishini karantinga olgan.

JSST ma’lum qilishicha, marhuma va u bilan aloqada bo‘lgan shaxslardan olingan tahlillar tekshirilgan xavfli patogenlar bo‘yicha manfiy natija bergan. Shuningdek, aloqada bo‘lganlarda kasallik alomatlari va shu hodisa bilan bog‘liq boshqa og‘ir pnevmoniya holatlari aniqlanmagan.

Tashkilotning ta’kidlashicha, asosiy noaniqlik marhumaning o‘limiga sabab bo‘lgan kasallik bo‘yicha aniq tashxis qo‘yilmaganidir. Rossiya rasmiylari esa ayol zarur emlashlardan o‘tganini va uning organizmida laboratoriyadagi faoliyati bilan bog‘liq mikroorganizmlar topilmaganini bildirgan.

8 oktyabr kuni Rossiya marhuma bilan aloqada bo‘lgan shaxslarni tibbiy tekshirish yakunlanganini ma’lum qilgan. Hozircha JSST Rossiyada o‘lat tarqalayotganini tasdiqlovchi dalillar yo‘qligini qayd etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?