81 yoshli baliqchi ayiq hujumida jonini saqlab qoldi

81 yoshli baliqchi ayiq hujumida jonini saqlab qoldi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida 81 yoshli baliqchi ayiq hujumiga uchrab, yirtqich bilan kurashib tirik qoldi. Hodisa keksa erkak qayig‘idan yuklarni tushirayotgan paytda sodir bo‘lgan.

«RIA Novosti» xabar berishicha, voqea Kirenga daryosining olis hududida, Chinonga qishlog‘i yaqinida ro‘y bergan. Ayiq qirg‘oqqa kelib, qayig‘ini bog‘lab yuklarini tushirayotgan baliqchiga tashlangan.

Shunga qaramay, 81 yoshli erkak hayvonga qarshilik ko‘rsatib, qayig‘iga chiqishga ulgurgan. U so‘ng daryo bo‘ylab suzib, xavfli hududni tark etgan. Hujum oqibatida uning qo‘llari va tanasida jarohatlar aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyidan beri o‘rmonlarda ayiqlarning aholi yashash hududlariga yaqinlashishi ko‘paygan. Oziq-ovqat tanqisligi sababli yirtqichlar yegulik izlab, odamlar yashaydigan joylarga chiqmoqda.

Irkutsk viloyatida bu yil ayiqlar bilan bog‘liq hodisalar oqibatida besh kishi halok bo‘lgan. Jumladan, Kirensk tumanida o‘rmon mevalarini terayotgan uch kishi ayiqlar hujumi qurboni bo‘lgan.

Ust-Ilimsk tumanida ham ayiqqa duch kelgan ovchi halok bo‘lgan. Kazachinsko-Lenskiy tumanida esa ayiq vagon ichidagi ishchiga hujum qilgan va erkak og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar