Rossiyada sentabrdayoq ilk qor: ayrim hududlarda tabiat kutilmagan syurpriz tayyorladi

Rossiyada sentabrdayoq ilk qor: ayrim hududlarda tabiat kutilmagan syurpriz tayyorladi

Rossiyaning ayrim hududlarida 24-sentabrdayoq qor va ho‘l qor kuzatildi. Kuzning ilk oyi hali tugamagan bo‘lsa-da, mamlakatning shimoliy va sovuqroq hududlarida qish nafasi sezila boshladi.

Rossiya Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 23–24-sentyabr kunlari Taymir hududida yomg‘ir, ho‘l qor va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik qayd etilgan. Ayrim hududlarda esa tungi harorat noldan pastga tushgan.

Biroq bu Rossiya bo‘ylab qish to‘liq kirib kelganini anglatmaydi.

Sinoptiklar birinchi qor avvalo mamlakatning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida kuzatilishini, boshqa joylarda esa kuzgi ob-havo davom etishini bildirgan.

24-sentyabr prognozlarida Rossiyaning ayrim hududlarida sovuq va yog‘ingarchilik kutilgan bo‘lsa, mamlakat janubida havo harorati kunduz kuni +20…+25 darajagacha, ayrim joylarda esa +26…+28 darajagacha ko‘tarilishi prognoz qilingan. Shu tariqa, Rossiyaning ayrim hududlarida sentabrdayoq qor ko‘rinishi ijtimoiy tarmoqlarda e’tibor tortgan bo‘lsa-da, mamlakatning katta qismida kuzgi ob-havo saqlanib qolmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar