Qirg‘iziston parlamenti deputatlari mamlakatning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan ayblovlar ilgari surdi. Bu haqda “AKIpress” axborot agentligi xabar berdi.
Atamboyevni daxlsizlikdan mahrum etish bo‘yicha tuzilgan komissiyaning xulosasi parlamentning huquq-tartibot bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida o‘qib eshittirildi.
Avval ilgari surilgan 9 ta ayblovdan 6 tasi bo‘yicha ayblov bildirildi. Ular orasida “jinoiy guruhlar tashkil etish, Atamboyev tuzumiga qarshi chiqqan parlament deputatlari, jamoat arboblari, jurnalistlar va OAV vakillarini siquvga olish va repressiya qilish” kabi ayblovlar bor.
Bundan tashqari, Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning qonunga zid ravishda ozod etilishi, Issiqko‘l va Chuy viloyatlarida yerlarning noqonuniy o‘zlashtirilishi, daromadlarni yashirish, Bishkek IES modernizatsiyasi bo‘yicha korrupsiya ishi va unga noqonuniy tarzda ko‘mir yetkazib berilishida ayblanmoqda.
Komissiyaga barcha 6 ta parlament fraksiyalari vakillari kirgan. Komissiya 3 oy ichida o‘z tergovi natijalarini bosh prokuraturaga taqdim qilishi, prokuratura esa jinoiy ish qo‘zg‘atish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi