Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Checheniston rahbariga xalqlar do‘stligi ordenini topshirdi.
Belarus rahbari matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Qodirov Belarus va Checheniston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun mukofotlandi.
Bundan tashqari, Lukashenko o‘tgan yilning fevralida uzoq yillardan buyon Liviyada tutqunlikda ushlab turilgan belaruslik Vyacheslav Kachurani ozod qilishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorlik maktubini yo‘llagandi. Bunga qadar esa Qodirov vositachiligida Liviyadan ikki nafar belaruslik shifokor qaytarilgandi.
Checheniston rahbari avvalroq Minskda Lukashenko bilan Liviyada tutqunlikda bo‘lgan Belarus fuqarolarini ozod qilish masalasini muhokama qilganini va ularni ozodlikka chiqarish uchun bor kuchini ishga solishga va’da berganini aytgandi.
"Biz Belarusda qaytib ko‘rmasligimiz mumkin bo‘lgan bu insonlarni ozod etganing uchun rahmat. Sen nafaqat do‘stsan, balki mening, xalqimning birodarisan", - dedi Lukashenko Qodirov bilan Minskdagi Yevropa o‘yinlari ochilishidagi uchrashuvida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi