
Foto: «TASS»
Ozarbayjon poytaxti Bokudagi eng yirik savdo markazi «Sadarak» hududida yong‘in yuz berdi. Bu haqda «TASS» xabariga tayanib Daryo ma’lum qildi.
Voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruvchilar va 15 ta tez yordam brigadasi yo‘llangan. Ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirish davomida favqulodda vaziyatlar vazirligining 7 xodimi tutundan zaharlangan. Ular klinik tibbiyot markazining toksikologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Savdo markazi Boku chekkasida joylashgan bo‘lib, maydoni 100 gektarni tashkil qiladi. U 12 mingdan ko‘proq ulgurji va chakana savdo ob’ekti, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozori, bir qavatli ulgurji ombor, turli muhandislik inshootlarini o‘z ichiga oladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar