
Eronda nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda "Mehr" agentligi xabar berdi.
"Buyuk yovuz Amerika va uning malaylarining g‘azabi va po‘pisalariga qaramasdan mudofaa vazirligi kerakli vaqtda Islom respublikasini ikkilanmasdan himoya qila oladi", Eron mudofaa vaziri Amir Hotamiy taqdimot marosimida.
"Havo-havo" sinfiga mansub nishonni yuqori aniqlikda uradigan boshqariluvchi raketalar mudofaa vazirligi va Iran Electronics Industries kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarildi.
Qayd etilishicha, Yasin raketasi yig‘iluvchi qanot bilan jihozlangan va dron orqali uchirilishi mumkin. U 50 km masofagacha parvoz qiladi.
Ghaem raketasi nishonga aniq tegishda ko‘pi bilan 50 sm masofaga adashishi mumkin.
Balaban raketasini esa sensorlar va GPS yordamida boshqarish mumkin.
EronRaketalarMudofaa VazirligiYasin RaketasiGhaem RaketasiBalaban Raketasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar