
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev ma’muriyatining sobiq rahbari, uning yaqin maslahatchisi Farid Niyozov odamlarni garovga olgani uchun 8 oktyabrga qadar qamoqqa olindi. Bu haqda RIA Novostiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
"Sudya Niyozovni 8 oktyabrga qadar qamoqqa olish to‘g‘risida qaror qabul qildi", - degan agentlik suhbatdoshi.
7 avgust kechki payt Qirg‘iziston maxsus xizmatlari Atamboyevni uning Qo‘y-Tosh qishlog‘idagi qarorgohida qo‘lga olish bo‘yicha amaliyotni boshlashgan. Maxsus xizmatlar sobiq prezidentning tarafdorlariga maxsus vositalar qo‘llashgan, Atamboyev tarafdorlari bunga javoban o‘q uzishgan.
8 avgust kuni Qirg‘izistonning sobiq prezidenti uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kuch tuzilmalariga taslim bo‘lgan. U maslahatchilari Farid Niyozov va Qunduz Joldubayeva hamrohligida Bishkekka olib ketilgan.
Qirg‘izistonAlmazbek AtamboyevSobiq PrezidentQamoqqa OlishMaxsus XizmatlarBishkekka Olib Ketish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar