Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga nisbatan olib borilayotgan jinoiy ishlar tergovi doirasida 20 ta ko‘chmas mulkdan hibs olindi.
Hibs Bishkekning Jal-23 mikrotumanidagi uy, shu uydagi 18 ta xonadondan hamda “Teleradiotashkilotlar uyushmasi” yuridik shaxslari birlashmasidan olingan.
Jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod qilinishi hamda Atamboyevning noqonuniy boylik orttirishi tergovi doirasida sobiq prezident va uning yaqinlarining 135 ta ko‘chmas va ko‘char mulki xibs qilingandi.
Ayni vaqtda tergovchilarga Atamboyev va uning yaqinlariga tegishli boshqa ko‘chmas ob’ektlarni topish vazifasi berilgan. Tergovchilar shuningdek boshqa noqonuniy orttirilgan moddiy qimmatliklarni qidirishmoqda.
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi barcha tafsilotlarni o‘rnatgach, Atamboyev va uning yaqinlarining hibs qilingan mulkining yakuniy ro‘yxatini ma’lum qilishga va’da bergan.
Hozirda Atamboyev Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida saqlanmoqda. U 26 oktyabrgacha hibsda qoladi.
Umumiy hisobda sobiq prezidentga 14 ta ayblov bildirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi