date
views 2 278

Lukashenko nega ishga velosipedda bormasligini aytdi

Lukashenko nega ishga velosipedda bormasligini aytdi
Foto: «Gazeta.ru»
«RIA Novosti» xabar berishicha, Lukashenko o‘quv yilining birinchi kuni Minskdagi yangi qurilgan maktablardan biriga tashrif buyurib, yuqori sinf o‘quvchilariga dars bergan va «fikr almashish» uchun bir nechta o‘quvchini doskaga chiqargan. Nutq asosan maktabda ta’lim olish, kelgusida kasb tanlash, sport bilan shug‘ullanish, ekologiya masalalari haqida davom etgan. Lukashenko, jumladan, elektr transport ishqibozi ekanligini tan olgan. «ONT» telekanali uning suhbatidan lavha olib ko‘rsatgan.

«Hamisha elektr mototsikl yoki velosipedga o‘tirib, ishga borish jalb qilib kelgan. Lekin hammasini Zelenskiy chippakka chiqardi. Ukraina prezidenti Volodya Zelenskiy, saylanganda shunday degandi: «Men velosipedda qatnayman (ishga – tahr.)», — deydi Lukashenko.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu maqsadidan qaytishiga to‘g‘ri kelgan, chunki u bu ikkala prezident orasida parallel amalga oshirilishini istamagan.

«Biroq bu (velosiped va elektr mototsiklda qatnash — tahr.) yoqimli mashg‘ulot», — deb qo‘shib qo‘ydi Lukashenko.

Saylovoldi poygasi chog‘ida Zelenskiy mabodo saylansa, ishga velosipedda qatnashga va’da bergandi. «Xalq xizmatchisi» serialida Zelenskiy personaji, shuningdek, ishga velosipedda qatnaydi. Avgustning oxirida Ukraina prezidenti unga ishga velosipedda qatnashiga ruxsat bermayotganini, chunki bu «xavfsiz» emasligini aytgandi. Sal avval Zelenskiy saylovoldi va’dasining ustidan chiqmaganligini, chunki uning ikki-uchta avtomobildan iborat korteji yo‘lda hech kimga xalaqit qilmasligini ham qo‘shib qo‘ygan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko nega ishga velosipedda bormasligini aytdi