Hamza bin Lodin/Foto: CIA / AP
AQSh prezidenti Donald Tramp “Al-Qoida” terrorchilik guruhining asoschisi Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin AQSh operatsiyasi natijasida o‘ldirilganini ma’lum qildi.
“Al-Qoida”ning yuqori lavozimli a’zosi va Usoma bin Lodinning o‘g‘li Hamza bin Lodin AQShning Afg‘oniston va Pokiston hududida o‘tkazgan antiterror operatsiyasi davomida o‘ldirildi”, - deyiladi Trampning bayonotida.
Trampning qayd etishicha, Hamza bin Lodin turli terrorchilik guruhlari bilan ishlash uchun javobgar bo‘lgan.
Shu yilning yozida Hamza bin Lodinning o‘ldirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan, ammo AQSh bu xabarlarni rasman tasdiqlamagandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Jasur Jaloliddinov: "Gol o‘tkazmayotganimizga sabab butun jamoaning mehnatkashligi"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi