
Xitoyning PetroChina neft-gaz kompaniyasi mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida 1 milliard tonnadan ortiq zaxiraga ega yangi neft konini topdi, deya xabar beradi “Kapital.kz” nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi kon Gansu viloyatidagi Ordos havzasida topilgan. “Neft zaxiralarining tasdiqlangan hajmi - 358 million tonna, taxmin qilingan zaxiralar hajmi - 693 million tonna deb baholanmoqda, bu esa umumiy zaxirasi 1 milliard tonna bo‘lgan yirik neft konining ochilishini anglatadi”, - deyiladi kompaniya ma’lumotida.
Shunday qilib, ushbu kon dunyodagi eng katta yuzlikka kirishi mumkin. Shu bilan birga, topilma rekord sifatida qayd etilmadi. Saudiya Arabistonidagi dunyodagi eng katta Al-Gavar konlaridan biri 12 milliard tonnagacha neft, Rossiyadagi eng yirik Samootlor koni esa taxminan 7 milliard tonna neft zahirasiga ega.
Bundan tashqari PetroChina Xitoyning janubiy markazidagi Sichuan havzasida 1 milliard kubometrdan ortiq slanetsli gaz konini topgan.
Xitoy NeftGansu ViloyatiOrdos HavzasiNeft ZaxiralariPetroChina KompaniyasiYirik Neft Koni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar