Foto: Evan Vucci / AP
AQSh prezidenti Donald Trampning Turkiyaning Suriyadagi harbiy amaliyoti bo‘yicha kongress yetakchilari bilan uchrashuvi ikki tomonning dahanaki jangiga aylanib ketib, oqibatda barbod bo‘ldi.
Bloomberg axborot agentligiga demokratlarning senatdagi yetakchisi Chak Shumerning ma’lum qilishicha, Tramp Oq uyning Yaqin Sharqdagi siyosatini hattoki respublikachilar ham qo‘llab-quvvatlamayotganidan darg‘azab bo‘lib, vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosini ochiqchasiga haqorat qilishga o‘tgan va uni “uchinchi navli siyosatchi” deb atagan.
Axborot agentligi manbalaridan birining ma’lum qilishicha, tortishuvning eng avj nuqtasi uchrashuv ishtirokchilaridan biri Trampga sobiq mudofaa vaziri Jim Mettisning AQSh bosimi zaiflashsa, IShID yana tiklanishi haqidagi so‘zlarini eslatgani bo‘lgan. AQSh prezidenti bunga javoban “Mettis dunyodagi eng yuqori baholab yuborilgan general ekanini”, IShIDning yakson qilinishidagi asosiy hissa esa uning o‘ziga tegishli ekanini aytgan.
O‘zaro haqoratlardan keyin Pelosi va Shumer uchrashuvni tark etishgan va go‘yoki ushbu vaziyatdan ichki siyosiy kurashda foydalanmoqchi bo‘lishgani uchun respublikachilar tanqidiga uchrashgan. Respublikachilarning vakillar palatasidagi yetakchisi Kevin Makkarti Pelosi uchrashuvni barbod qilish uchun ataylab mojaro keltirib chiqarganini aytgan. Uning ta’kidlashicha, “ikki tomon ham qiziqqonlik qilgan”, biroq spiker o‘zini axloqsiz tutgan.
Oq uy matbuot kotibi Stefani Grishemning ta’kidlashicha, Tramp uchrashuvda o‘zini bosiq tutgan, “ish bo‘yicha” gapirgan, biroq Pelosi hech kimni eshitishni istamagan.
Avvalroq kongressda Tramp Suriya shimolidan qo‘shinlarni olib chiqishga va shu tariqa kurdlarni qo‘llab-quvvatlamaslikka qaror qilgani uchun tanqidga uchragandi.
O‘z navbatida AQSh ma’muriyatida turklar va kurdlar o‘rtasidagi ixtilofga aralashishni istamayotganlari aytilgan. Tramp amerikalik harbiylar Suriyada tashlab ketgan bazalarni endi prezident Bashar Asad qo‘shinlari va rossiyalik harbiylar egallashi haqidagi gaplarga “Rossiya qum bilan o‘ynashiga qarshimasman” deb javob qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi