19:13 / 17.10.2019
4 674

Samolyotni sevib qolgan qiz (foto)

Samolyotni sevib qolgan qiz (foto)
Germaniyaning Berlin shahrida yashovchi 30 yashar Mishel Ko‘bke o‘zini Boeing 737-800 samolyoti bilan ishqiy aloqada deb hisoblaydi. Uning aytishicha qiz ushbu yo‘lovchi samolyot bilan 5 yildan buyon yaqin aloqada yashamoqda. Ushbu 737-800 judayam jozibador va nafis qilib yasalgan. Shuning uchun ham Mishel uning laqabini nemischa “Schatz”, ya’ni "Azizim" deb atagan.
Mishel uchish uchungina uning bortiga kira oladi. Boshqa odatiy muhabbat aloqalariga o‘xshamagan holda, Mishel o‘zining yigiti(samolyoti) bilan juda kam vaqt o‘tkazadi. O‘zining aytishicha samolyot bilan ishqiy munosabatda bo‘lish juda mushkul, chunki Mishel u bilan faqatgina parvoz vaqtida yoki angar (samolyotlar saqlanadigan maxsus omborxona)dagina ko‘risha oladi. Bunday imkoniyatlar esa juda kamdan kam bo‘ladi.
Biroq, u o‘z sevgisini qondirishning turli xil usullarini topdi.

U shunday deydi: "Men o‘zimni qaysidir ma’noda muhabbatimni qondirish uchun uyimda uning shisha tolali materialdan yasalgan kichik modelini yasaganman." U bu maketni tunda quchoqlab uxlaydi, hattoki uning samolyotning eshiklari va panellarini quchib hamda o‘pib tushgan suratlari ham mavjud.
Mishelning samolyotga bo‘lgan muhabbati obektofiliya deb nomlanadi - ya’ni jinsiy yoki romantik jozibaning ma’lum bir jonsiz narsaga qaratilishi.

Ammo Mishel Boeing bilan bo‘lgan munosabatlarning jismoniy tomonlarini odamlarnikidan farq qiladigan darajada deb o‘ylamaydi.
Uning tushuntirishicha: "Bu odatiy munosabatlarga o‘xshaydi, biz oqshomlarni birga o‘tkazamiz va birga uxlaymiz".

Mishel 2013 yil noyabr oyida birinchi parvozini amalga oshirganida samolyotlarga moyilligi borligini tushundi. 2014 yil mart oyida u o‘zining birinchi 737-800 samolyotiga o‘tirdi va bu bir parvozdagi sevgi edi.

Ushbu parvoz haqida u shunday deydi: "Bu mening ilk parvozim edi va men samolyotga qadam qo‘yishim bilanoq, u mening muhabbatim ekanligini his qildim. Uning eng qudratli qismi bu qanotlari edi. O‘shandan buyon har safar uning qanotlariga tegsam, darhol kaftlarim terlanib, hayajonlanaman."
Qiz ushbu samolyot bilan turmush qurib, aeroport angarida yashamoqchi va uning bu harakati hech kimga ziyon yetkazmasligiga ishonchi komil. U odamlar uni tushunishini va bunday munosabatni ustidan malomat qilmasliklarini xohlaydi, ammo baribir uning bu harakatlariga qarshi chiquvchi insonlar borligini tan oladi. O‘zining ta’rifi bilan aytganda u boshqalarga umuman o‘xshamaydi va shuning uchun ham 737 ga bo‘lgan muhabbati uchun kurashishdan charchamaydi.
"U bilan birga bo‘lganimda menda butun dunyo halovati bo‘ladi, kulishdan charchamayman va o‘zimni dunyoodagi eng baxtli ayoldek his qilaman." deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Samolyotni sevib qolgan qiz (foto)