date
views 3 210

Reuters: Bag‘dodiy yashiringan uy uning yordamchisi orqali topilgan

Reuters: Bag‘dodiy yashiringan uy uning yordamchisi orqali topilgan
Foto: Reuters
IShID terrorchilik guruhi rahnamosi Abu Bakr al-Bag‘dodiyni qo‘lga olish uchun o‘tkazilgan operatsiyada kerakli ma’lumotlarni Iroq razvedkasiga uning yordamchisi bergan. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Bag‘dodiyni ta’qib qilish 2018 yil fevral oyidan boshlangan. Aynan shu vaqtda uning yordamchilaridan biri Ismoil al-Itaviy turkiyalik harbiylar tomonidan qo‘lga olinib, Iroq razvedkasiga topshirilgan va Bag‘dodiyning ishongan kamandirlaridan bo‘lgan Itaviy so‘roq davomida xo‘jayini haqida ma’lumot bergan. Avvaliga Itaviy Idlibdagi bozorlardan birida Iroq razvedkachilarining e’tiborini tortadi.

Razvedkachilar Bag‘dodiyning ishongan odamlaridan bo‘lgan Itaviyni uning surati bilan solishtirib, aniqlashadi. Itaviy bozordan chiqib, o‘sha vaqtda Bag‘dodiy yashashi taxmin qilingan uyga boradi va shundan IShID rahnamosini ta’qib qilish boshlanadi. Ko‘p o‘tmay, Itaviy qo‘lga olinadi va iroqlik razvedkachilarga kerakli ma’lumotlarni aytadi.

«Itaviy operatsiya davomida kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni aytdi. Bu ma’lumotlar asosida uni ta’qib qilish ishlari olib borildi. Itaviy Bag‘dodiyga aloqador 5 kishining ma’lumotlarini berdi. Ular orasida Bag‘dodiy bilan Suriyada uchrashgan odam ham bor edi»,— degan Reuters`ga Iroq razvedkasidagi manbasi.

Bag‘dodiy u yashayotgani taxmin qilingan uydan Idlibga oilasi bilan ko‘chayotganida IShID yetakchisi aynan o‘sha yerda ekani aniqlanadi. Iroq razvedkachilari Bag‘dodiy haqidagi barcha ma’lumotlarni AQSh Markaziy razvedka byurosiga berishadi. Belgilangan joy Bag‘dodiyning koordinatasi ekani aniq bo‘lgach, Yaqin Sharqda bo‘lib turgan AQSh harbiylari 8 ta vertolyotda operatsiya o‘tkazish uchun yetib kelishadi hamda Bag‘dodiy yo‘q qilinadi.

Bu operatsiyadan so‘ng Bag‘dodiyning «itday o‘lim topganini aytgan» AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisini qo‘lga olishda Iroq, Turkiya va Rossiyaning ham xizmatlari katta ekanini ta’kidlagandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reuters: Bag‘dodiy yashiringan uy uning yordamchisi orqali topilgan