
Stavropol o‘lkasida IIV general mayori Aleksandr Turivnenko buyurtma qotillikda gumon qilinib, qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mitaga ko‘ra, Kislovodsk shahridagi sanatoriylardan birida direktor bo‘lgan Turivnenko marhum ukasidan qolgan merosga ega chiqish uchun uning turmush o‘rtog‘ini o‘ldirishga qaror qiladi.
General buning uchun tanishiga murojaat qiladi va qotillik uchun 1 million rubl va’da qiladi. Tanishi esa bu murojaat haqida huquq-tartibot idoralariga xabar beradi.
Shundan so‘ng qotillik sahnalashtirilib, Turivnenko ijrochidan go‘yoki o‘ldirilgan ayol fotosini oladi. U «bajarilgan» buyurtma uchun pulni berayotgan chog‘ida hibsga olindi.
Ma’lumot uchun, Rossiya IIV transportdagi ichki ishlar G‘arb boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan general mayori Aleksandr Turivnenko 2010 yili o‘sha paytdagi prezident Dmitriy Medvedev tomonidan iste’foga chiqarilgandi.
Stavropol O'lkaIIV GeneralAleksandr TurivnenkoQotillik BuyurtmaKislovodsk ShahriHuquq-Tartibot Idoralari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar