18:03 / 06.11.2019
3 818

Aktrisa Anjelina Joli bomba tufayli suratga olish joyidan evakuatsiya qilindi

Aktrisa Anjelina Joli bomba tufayli suratga olish joyidan evakuatsiya qilindi
Gollivud aktrisasi Anjelina Joli va “Taxtlar o‘yini” seriali yulduzi Richard Medden Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi bomba tufayli yangi filmni suratga olish joyidan evakuatsiya qilindilar. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Voqea 4 noyabrda Marvel studiyasining “Abadiylar” filmining Kanar orollaridagi suratga olish maydonchasida yuz bergan. Suratga olish vaqtida taxmin qilinishicha Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi portlamay qolgan mina topilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu joyda urush vaqtida fashistlar bazasi bo‘lgan. Snaryad xavfsiz joyga yetkazilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda sohilbo‘yi sapyorlar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda, suratga olish ishlari esa vaqtinchalik to‘xtatilgan. Ishlar tekshiruv o‘tkazilib, mutaxassislarning tegishli ruxsatidan keyin yana davom ettiriladi.

Film o‘zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan qudratli mavjudotlar haqida bo‘lib, uning ekranlarga chiqishi 2020 yil noyabrga belgilangan. Filmda, shuningdek, Salma Xayek va Kit Xarrington ham suratga tushmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktrisa Anjelina Joli bomba tufayli suratga olish joyidan evakuatsiya qilindi