00:30 / 02.01.2020
2 863

Jirinovskiy genetik modifikatsiyalangan bolalar tug‘ilishini olqishladi

Jirinovskiy genetik modifikatsiyalangan bolalar tug‘ilishini olqishladi
LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Telegramda xitoylik genetik-olim - Xe Szyankuyni uch yilga qamash qaroriga munosabat bildirdi. Jirinovskiyga ko‘ra, olim faoliyatini "tibbiyot sohasidagi ulkan sakrash", deya hisoblash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq xitoylik olim tarixda birinchi marta genetik modifikatsiyalangan, organizmi OIVga qarshi tura oladigan egizak-qizaloqlar tug‘ilgani haqida e’lon qilgan edi. Uni inson embrionlari genlarini tahririni amalga oshirganlikda, buning natijasida esa tahrir qilingan DNKga ega uch nafar bolakay dunyoga kelganida aybdor, deb tan olishdi.

Siyosatchi fikriga ko‘ra, olimni ozod qilish kerak, negaki u "buyuk yutuq" muallifidir.

"Xitoylik olim Xe Szyankuyni qamoqdan ozod etish lozim. U birinchi bo‘lib inson embrionidagi genlarni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi va shu tufayli OIVga chalingan ota-onalardan uch nafar sog‘lom farzand dunyoga keldi", - deya qayd etgan Jirinovskiy.

Bundan tashqari, LDPR rahbari klonlashtirish va genlar modifikatsiyasi bo‘yicha mavjud barcha cheklovlarni olib tashlashga chaqirib, "kelajak shular ortida" ekanligini ta’kidlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jirinovskiy genetik modifikatsiyalangan bolalar tug‘ilishini olqishladi