Foto: AP Photo
Turkiyada yangi turdagi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish bo‘yicha dastlabki holat aniqlandi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Kojaga tayanib, Anadolu agentligi xabar berdi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka chalingan shaxs — Yevropaga borganida koronavirusni yuqtirib olgan Turkiya fuqarosi. «Bemorning umumiy ahvoli yaxshi. Uning barcha oila a’zolari va u bilan muloqotda bo‘lganlar nazorat ostida», — deydi Koja.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 113 ming kishidan oshib ketgan. Davolanishga muvaffaq bo‘lganlar 63 578 kishini tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa O‘zbekistonga koronavirus kirib kelmaganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi