11:47 / 18.03.2020
4 395

Xitoy amerikalik harbiylarni Uxanga koronavirusni olib kirishda aybladi

Xitoy amerikalik harbiylarni Uxanga koronavirusni olib kirishda aybladi
Foto: AP Photo/Evan Vucci
AQSH prezidenti Donald Tramp rasmiy Pekinni go‘yoki koronavirus Xitoyda paydo bo‘lganidek taassurot uyg‘otish maqsadida virusni xitoyliklarga amerikalik harbiylar yuqtirgani haqida yolg‘on xabar tarqatishda aybladi.

Tramp bu haqda Oq uydagi matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Avvalroq Xitoy rasmiy vakillaridan biri Uxanga koronavirusni amerikalik harbiylar olib kirgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

Xitoy harbiylarimiz bu virusni ularga tarqatganligi haqida yolg‘on xabar tarqatmoqda. Bu yolg‘ondir. Men bahslashish o‘rniga, u [virus] qayerdan kelganini aytishim kerak. U haqiqatan Xitoydan kelgan”, deb aytgan AQSH prezidenti.

13 mart kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi axborot departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Chjao Litszyan tvitterdagi sahifasida Xitoyning Uxan shahriga koronavirusni amerikalik harbiylar olib kirgani bo‘lishi mumkinligini yozgan. U o‘z so‘zlari isboti sifatida xabarga AQSHning kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish markazi rahbari Robert Redfildning AQSH kongressi vakillar palatasidagi chiqishi videosidan parchani ilova qilgan. Videoda Redfild grippdan vafot etgani taxmin qilingan bir necha amerikalikda vafotidan keyin o‘tkazilgan ko‘rikda koronavirus aniqlanganini ma’lum qilgan.

Xitoy vakili AQSHda “nolinchi bemor” qachon paydo bo‘lgani, necha kishi zararlangani va ular qaysi shifoxonalarga joylashtirilgani haqidagi savollar bilan yuzlangan.

AQSHda nolinchi bemor qachon paydo bo‘lgan? Qancha odam zararlangan? Ular joylashtirilgan shifoxonalar qanday nomlanadi? Ehtimol, virusni Uxanga amerikalik harbiylar olib kelgandir. Amerika ochiq-oydin bo‘lishi kerak! Ma’lumotlar hamma uchun ochiq bo‘lishi lozim! AQSH bunga tushuntirish bering!”, deb yozgan Chjao Litszyan o‘z tvitida. Biroq u Xitoyda koronavirus tarqalishiga nega aynan harbiylar javobgar ekanligiga aniqlik kiritmagan.

Xitoy sog‘liqni saqlash vazirligida “nolinchi bemor” Uxanda 2019 yil oktabrda o‘tgan Butunjahon harbiy o‘yinlarida ishtirok etgan amerikalik sportchi bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Ta’kidlanishicha, o‘sha o‘yinlar vaqtida bir necha amerikalik harbiy “g‘ayrioddiy zotiljam” alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Chjao Litszyanning yuqorida keltirilgan bayonotidan keyin AQSH davlat departamenti Xitoy elchisi Suy Tyankayni chaqirtirib, davlat kotibi yordamchisi Devid Stilvell unga qat’iy tarzda faktlarni keltirgan.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan o‘shanda koronavirus manbasi atrofida ko‘plab taxminlar paydo bo‘lgani va ba’zi amerikalik yuqori lavozimli mansabdor shaxslar bunda Xitoyni ayblab, “ma’suliyatsiz” va “haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan” bayonotlar berishgan. “Xalqaro hamjamiyat koronavirus kelib chiqishi borasida turli qarashga ega. Xitoy doimo buni professional fikrni talab qiluvchi ilmiy masala deb hisoblab kelgan”, deb aytgan Gen Shuan.

2020 yil fevral boshida amerikalik respublikachi senator Tom Kotton Uxanda “Xitoydagi 4-xavfsizlik darajasiga ega yagona superlaboratoriya joylashgani” va unda dunyodagi eng qirg‘inbarot yuqumli mikroorganizmlar, jumladan koronavirus bilan ishlar olib borilishini aytgan.

Xitoyning Vashingtondagi elchisi Suy Tyankay bunga javoban koronavirusning paydo bo‘lishini biologik qurol ishlab chiqish bilan bog‘lashga barcha urinishlar “mutlaq ahmoqona” ekanini aytgan. U noma’lum koronavirusning kelib chiqishi masalasida hali ko‘p narsa mavhumligini, turli davlatlar olimlari bu masalani hal qilish ustida ishlayotganlarini ta’kidlab o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy amerikalik harbiylarni Uxanga koronavirusni olib kirishda aybladi