17:50 / 18.03.2020
3 190

Oq uy har bir voya yetgan amerikalikka 1000 dollardan berishni rejalashtiryapti

Oq uy har bir voya yetgan amerikalikka 1000 dollardan berishni rejalashtiryapti
AQSH Prezidenti Donald Tramp va Moliya vaziri Stiven Mnuchin har bir katta yoshli amerikalikka 1000 dollargacha chek olishni taklif qilmoqda. Bu koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiyotning qulashiga qarshi turish choralaridan biri sifatida ko‘rilmoqda. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib Sof.uz xabar bermoqda.

1000 dollarga cheklar berish g‘oyasi shundan iboratki, amerikaliklar karantin davrida tovarlar va xizmatlarni iste’mol qilishga sarflaydigan milliardlab dollar iqtisodga tushadi. Bu biznesga foyda olib, ishlab chiqarishni saqlab turishga imkon beradi.

Bu fikr amerikaliklar uchun yangi emas. 2008 yildagi inqiroz vaqtida AQSH iqtisodiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qonun qabul qilgan edi. Ular har bir amerikalik uchun o‘rtacha 600 dollar miqdorida to‘lovlarni qilgan edi. Keyin mamlakat hukumati shu tariqa iqtisodiyotni 100 milliard dollarga rag‘batlantirdi.

Reuters bilan gaplashgan iqtisodchilar 2008 yilda amerikaliklarga pul to‘lash to‘g‘risidagi qaror inqirozga qarshi eng samarali choralardan biri bo‘lgan deb hisoblashadi.
Hozirda AQSH koronavirus bilan bog‘liq 850 milliard dollarlik inqirozga qarshi choralar tayyorlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Oq uy har bir voya yetgan amerikalikka 1000 dollardan berishni rejalashtiryapti