Foto: AP
AQSHning sobiq vitse-prezidenti, Demokratlar partiyasidan AQSH prezidenti lavozimiga nomzod bo‘lish huquqi uchun kurashayotgan Jo Bayden siyosiy faoliyatini o‘z uyi yerto‘lasidan olib borishga majbur bo‘lmoqda.
Bu haqda The Washington Post'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.
Bu maqsadda Bayden tomonidan hordiq chiqarish uchun qo‘llangan yerto‘la televizion intervyular va videomurojaatlar olib borishga mo‘ljallangan studiya ko‘rinishiga keltirilgan. Nashrning ta’kidlashicha, bu yerda yozilayotgan kontentni sifatli deb bo‘lmaydi: Baydenning murojaati yozilgan fon yomon yoritilgani sababli, hattoki siyosatchining ba’zi tarafdorlari ham videoni terrorchilar ishtirokidagi videoga qiyoslashgan.
Shuningdek, Bayden videoanjuman formatini qo‘llashga uringan. Biroq OAVda bu urinish ham muvaffaqiyatsiz deb topilgan, chunki translyatsiya texnik muammolar bilan borgan va Facebook Live’da bor-yo‘g‘i 4 daqiqa davom etgan.
Noyabrda 78 yoshni qarshilaydigan siyosatchi AQSHda koronavirus epidemiyasi sababli bir necha haftadan beri o‘z uyida karantinga amal qilmoqda. Bu esa unga prezidentlik kampaniyasini olib borishida qiyinchilik tug‘dirmoqda. 17 martdan 23 martgacha esa Bayden umuman ko‘rinish bermagan. Bu orada amaldagi prezident, respublikachilardan asosiy nomzod Donald Tramp aksincha har kuni brifinglar o‘tkazmoqda va intervyular bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Demokratlar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun kurashda yetakchilik qilayotgan Baydenni 1215 ovoz beruvchi delegat, uning raqibi senator Berni Sandersni 910 delegat qo‘llab-quvvatlamoqda. Saylovlarda ishtirok etish uchun 1991 delegatning roziligini olish lozim. Respublikachilar orasida esa so‘zsiz Tramp yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi