Foto: AP Photo
Isroil hukumati rahbari Benyamin Netanyaxu koronavirus tarqalishiga bog‘liq vaziyat yaqin vaqt ichida yaxshilanmasa, mamlakatni butunlay yopishga ruxsat beradi, deb yozadi Jerusalem Post.
Netanyaxu kasallar soni 2369 nafarga yetgan bir vaqtda boshqa chora yo‘qligini ma’lum qilgan.
«Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan choralar butun dunyo bo‘ylab qilinayotgan ishlarga mos keladi. Biroq bu yetarli bo‘lmadi. Kasallar soni har uch kunda ikki barobarga oshyapti», — deydi Netanyaxu. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki haftadan keyin Isroilda minglab yangi kasallar paydo bo‘lish xavfi mavjud.
Netanyaxuning aytishicha, hukumat tayyorgarlik ko‘rayotgan karantin ko‘chalar bo‘ylab sayr qilishni to‘liq taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Ko‘chaga faqat oziq-ovqat yoki dori-darmon uchun chiqish, uydan uzog‘i bilan 100 metr masofaga uzoqlashish mumkin bo‘ladi.
Boshqa choralar qatoridan jamoat transporti faoliyatining qisqarishi, diniy marosimlarda ishtirokchilar sonini kamaytirish ko‘zda tutilgan. Avtomobillarda ikki nafardan ortiq inson o‘tirishi mumkin emas.
Shuningdek, mamlakatda karantin qoidalarini buzganlar jarimaga tortiladi yoki qamoqqa olinadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilda pandemiya oqibatida besh kishi vafot etgan. Bundan tashqari, yana 39 nafar bemorning ahvoli og‘ir ekanligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko: “Belarusga hujum Uchinchi jahon urushining boshlanishidir”
Olimlar Antarktida ustidagi ozon teshigining qisqarganini e’lon qildi
Isroil sobiq bosh vaziri Netanyaxuni G‘azodagi operatsiyani cho‘zishda aybladi
“Hizbulloh” Livandagi peyjer portlashlari tufayli Isroilni jazolash bilan tahdid qildi
AQSHda sherif sudyani otib o‘ldirdi
Ikki talaba Finlandiyadan orol sotib oldi. Bu AQSHdagi uydan arzonroqqa tushdi
Slovakiya o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilyapti
O‘zbekiston Rossiyaning GLONASS tizimi signalidan foydalanishi mumkin