22:08 / 26.03.2020
5 945

Xitoylik ekspert Italiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy xatolarini aytdi

Xitoylik ekspert Italiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy xatolarini aytdi
Foto: Getty Images / AFP
Xitoylik shifokorning fikricha, atrofdagilarga kasallik yuqtirishda davom etayotgan bemorlar ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatilmagan.
Italiyada bo‘lib turgan xitoylik ekspert-epidemiologlarning ikkinchi guruhi rahbari, Chjetszyan tibbiyot universiteti qoshidagi birinchi klinika vitse-prezidenti Syu Yunsin Italiyada koronavirus yuqtirganlar soni ko‘payib ketishiga infeksiya manbasining topilmagani sabab bo‘lganligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng katta muammo mana shunda. Reagentlar va test o‘tkazish uchun tibbiyot xodimlari yetishmasligi mavjud. Bundan tashqari, juda ko‘pchilik tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmagan. Mana shu narsa epidemiya manbasi topilmasligiga olib kelgan.

Shifokorning fikricha, atrofdagilarga kasallik yuqtirishda davom etayotgan bemorlar ustidan yetarlicha nazorat o‘rnatilmagan. U shuningdek, kasallik yuqtirganlarning barchasini aniqlash va ularni izolyatsiya qilish kerakligini ta’kidladi.

Xitoylik ekspertlar koronavirusga chalinganlar davolanayotgan shifoxonalarda ham bo‘ldi. Syuning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar kasallik to‘g‘risida kam ma’lumotga ega, palatalarda esa bir necha yuzlab bemorlar joylashtirilgan.

U xitoylik ekspertlar beradigan vositalar va tajriba italiyalik shifokorlarga yordam berishiga umid qildi. Ular o‘zlari bilan an’anaviy xitoy tabobatida qo‘llaniladigan dori-darmonlar ham olib kelgan.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 74 ming nafardan oshib ketgan, 7500dan ortiq kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik ekspert Italiyaning koronavirusga qarshi kurashdagi asosiy xatolarini aytdi