04:04 / 30.04.2020
3 946

Avstraliyalik shifokor: "Quyosh nuri koronavirusga davo..."

Avstraliyalik shifokor: "Quyosh nuri koronavirusga davo..."
"Har kuni quyoshda o‘tkaziladigan atigi o‘n daqiqa COVID-19 xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, chunki quyosh nurlari ta’sirida terida hosil bo‘ladigan D vitamini nafas olish yo‘llari infeksiyalariga qarshilikni sezilarli darajada oshiradi", deydi avstraliyalik shifokor Reychel Nil.

O‘tgan yili shifokor tajriba o‘tkazdi, unda 78 ming bemor ishtirok etdi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, D vitaminining past darajasi bo‘lgan odamlarda o‘tkir respiratorli infeksiyalar (COVID-19 ham shu jumladan) rivojlanish xavfi ikki baravar yuqori. Bundan tashqari, agar sizda D vitamini miqdori kam bo‘lsa, demak sizda undan yuqori bo‘lgan odamga qaraganda kasal bo‘lish xavfi ko‘proq bo‘ladi.

The Australian gazetasiga bergan intervyusida Nil har kuni quyoshda o‘n daqiqa sarflashini va barcha undan o‘rnak olishini maslahat berdi. Shu bilan birga, quyoshda toblanadigan vaqt ham iqlimga bog‘liq. Qayerda iliqroq bo‘lsa, o‘n daqiqa kifoya qiladi, sovuqroq bo‘lsa, o‘n besh daqiqa bo‘lgani yaxshiroq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyalik shifokor: "Quyosh nuri koronavirusga davo..."