Amerikalik milliarderlarning umumiy boyligi koronavirus pandemiyasi sharoitidagi og‘ir iqtisodiy vaziyatga qaramay, 2 oy ichida 434 mlrd dollarga yoki 15 foizga ko‘paydi.
Bu haqda Americans for Tax Fairness va Institute for Policy Studies tahliliy guruhining tadqiqotida ma’lum qilingan. Tahlil uchun 18 martdan 19 maygacha davr olingan, tadqiqot Forbes ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan.
Amerikalik milliarderlarning (600 kishidan ko‘proq) umumiy boyligi pandemiya sharoitida 2,948 trlndan 3,382 trn dollargacha oshgan. Eng boy besh amerikalik - Jeff Bezos (Amazon asoschisi), Bill Geyts (Microsoft asoschisi), Mark Sukerberg (Facebook asoschisi), Uorren Baffet (Berkshire Hathaway rahbari) va Larri Ellison (Oracle asoschisi) o‘z boyliklarini 75,5 mlrd dollarga yoki 19 foizga ko‘paytira olishgan. Bu umumiy o‘sishning 21 foizini tashkil qiladi
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, mart oyida amerikalik milliarderlar ro‘yxatida 614 kishi bo‘lgan, 2 oyda ularning soni 630 nafargacha ko‘paygan. Yangi milliarderlar orasida rep ijrochi Kane Uest ham bor. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi