BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Yamanda dunyo bo‘yicha koronavirusdan o‘lim darajasi eng yuqori ekanini ma’lum qildi.
Adan shahrining o‘zida koronavirusga chalinganlarning 70 foizi vafot etmoqda. Mamlakat bo‘ylab esa koronavirusdan o‘lim darajasi 17 foizga baholanmoqda.
Bosh kotib Yamandagi vaziyatni fojiali deb atadi. U xalqaro hamjamiyatni Yamanga zaruriy ko‘mak va moliyaviy yordam ko‘rsatishga chaqirgan. “Yaqinda badallar e’lon qilish bo‘yicha anjuman bo‘lib o‘tadi va xalqaro hamjamiyat Yaman xalqi bilan to‘liq birdamlik ko‘rsatib, taqdim qilingan arizani to‘liq moliyalashtiradi, deb umid qilaman”, deb aytgan Guterresh.
Avvalroq BMTning gumanitar masalalar bo‘yicha rasmiy vakili Yens Lerke Yamandagi vaziyatni falokatli deb baholagandi. “Virusdan Yamandan ko‘ra ko‘proq jabr chekkan davlat yo‘q”, deb aytilgan BMTda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 278 nafarni, undan vafot etganlar 57 nafarni tashkil qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi