
Hindistondagi kuchaygangan koronavirus fonida ular xitoyliklarning chegara hududida askar to‘playotganidan xavotirda. Hindlar xitoylarning bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilmoqda. Hindiston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Xitoy Hindiston shimolidagi Ladax tog‘li hududining bahsli yerlarga ko‘z tikkan. O‘z navbatida Pekin harbiy tayyorgarliklar haqidagi ayblovlarni rad etadi.
Bahsli hududga askar kuchidan tashqari, Xitoyning og‘ir zirhli transport vositalari va artilleriyasi tortilgan.
Ladaxning tog‘li hududi azaldan bahsli hudud maqomiga ega edi. Pekin uzoq yillar davomida harbiy baza va qurolli kontingentni ushlab kelmoqda. Endi XXR bazaning infratuzilmasini modernizatsiya qilishni boshladi.
Hindiston rasmiylari: "Bu 2013 yildagi kelishuvni qo‘pol ravishda buzish"deb bayonot bilan javob berishdi. O‘sha paytda XXR va Hindiston Ladaxning ikkala tomonida ham katta harbiy kontingentga ega bo‘lmaslik to‘g‘risida kelishishgan. Chegara patrul bo‘linmalari bundan mustasno. Endi Dehli, kelishilgan chegarachilardan tashqarida Xitoy armiyasi kuchlarining paydo bo‘lishi busiz ham murakkab bo‘lgan vaziyatni chigallashtiradi, degan iddaolarni ilgari surmoqda.
“Xitoy bizning chegaralarimizga yaqin katta qo‘shinlarni to‘pladi. Mashqlardan so‘ng, Xitoy u yerda kamida besh ming askarni qoldirdi. Va u o‘sha yerga qo‘shimcha kuchlar jo‘natishda davom etmoqda. Shunday qilib, ular ehtimoliy bosqinchilik uchun keng jabhani tashkil qilmoqda. Bu shubhasiz bizning xavfsizligimizga tahdid soladi”, - deydi Hindiston rasmiylari.
Ayni paytda, Xitoy Dehlining ayblovlarini rad etmoqda. Ularning ta’kidlashicha, Xitoy tomonidan hech qanday qonunbuzarlik yo‘q. Pekin o‘z pozitsiyasini oddiy tushuntiradi: Ladax Hindiston hududi hisoblanmaydi.
1962 yilda Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi urushdan keyin ikkala tomon ham bir-biridan xavsirab qolgan. Shuning uchun ularning orasidagi ishonchsizlik yuqori darajada bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, Hindistondagi koronavirus pandemiyasi va karantin choralari logistikani buzishi mumkin degan xavotir mavjud. Natijada, bu Xitoy bilan bahsli hududga yaqin qo‘shinlarni joylashtirishni imkonsiz qilishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, Xitoyda karantin rasmiy ravishda olib tashlangan, harakatlanish uchun hech qanday cheklovlar yo‘q. Ehtimol shuning uchun Nyu-Dehlining vaziyatga bo‘lgan munosabatida sarosima va qo‘rquv hissi paydo bo‘lmoqda.
Xitoy HindistonChegara HududiHarbiy TayyorlikOmmaviy AxborotLadax Tog‘liXavfsizlik Tahdidi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar