09:09 / 03.06.2020
3 648

Koronavirusning issiq haroratda yashab qolish xususiyatlari o‘rganildi

Koronavirusning issiq haroratda yashab qolish xususiyatlari o‘rganildi
Foto: The Weyek
Koronavirusning issiq havo hamda ultrabinafsha nurlar ta’sirida tarqalishi sekinlashadi. Bu haqda AQSHning Maunt Obern kasalxonasi mutaxassislarining tadqiqotida bayon qilingan, deb yozmoqda Oksford universitetining rasmiy sayti.

Olimlar AQSHda COVID-19 bilan kasallanishning 2020 yil bahor oylaridagi ko‘rsatkichlarini tahlil qilgan. Koronavirusning tarqalishi yoki aksincha, tarqalmasligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida havo harorati, ultrabinafsha nurlar, namlik va boshqa ko‘rsatkichlar qayd etilgan. Selsiy bo‘yicha harorat 10 darajadan baland bo‘lganida infeksiyaning tarqalishi haqiqatan ham sekinlashishi aniqlandi.

Mutaxassislar turli harorat diapazonidagi vaziyatlarda koronavirusning yashovchanligini tekshirgan: manfiy harorat Selsiy bo‘yicha 1 dan 4 gacha, 4 dan 10 gacha, 10 dan 16 gacha va 16 va undan ortiq daraja deyilgan. Oshkor qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi tarqalishining eng past chastotasi Selsiy bo‘yicha 10 darajagacha bo‘lgan haroratda kuzatilgan. Kasallanish holatlarining ko‘payish davri esa harorat musbat natijaga yaqinlashmagan kunlarga to‘g‘ri kelgan.

Olimlar Selsiy bo‘yicha 10 darajadan baland havo haroratida virusning nisbatan qisqa davrda yashab qolishi mumkinligi, shuningdek, SARS-CoV-2 zarrachalari yuqori ultrabinafsha nurlari ta’sirida faollashishdan to‘xtashini aniqlagan. Qolgan omillar, masalan, havo namligi COVID-19’ning tarqalishiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

May o‘rtalarida rossiyalik olimlar koronavirus ustida yoz vaqtida ham g‘alaba qilish juda qiyin ekanini ma’lum qilgandi. Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqotlar markazi direktori Aleksandr Ginsburg hali COVID-19 ustidan g‘alaba qozonish haqida gapirishga erta ekani va hozir uning tarqalishiga to‘sqinlik qilish muhimroqligini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning issiq haroratda yashab qolish xususiyatlari o‘rganildi