Lukashenkoga kuniga 30 litr sut beradigan sigir sovg‘a qilindi

Lukashenkoga kuniga 30 litr sut beradigan sigir sovg‘a qilindi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Uzda tumanida joylashgan “BelInterGen-agro” korxonasiga tashrifi chog‘ida o‘ziga xos sovg‘aga ega bo‘ldi. Davlat rahbariga Musya laqabli jersey zotli sigir taqdim etildi. Bu haqda BЕLTA agentligi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur xo‘jalik naslli chorvachilikni rivojlantirishga ixtisoslashgan bo‘lib, asosan golshtin zotli qoramollarni yetishtirish bilan shug‘ullanadi. So‘nggi yillarda esa korxonada yuqori sifatli suti bilan mashhur jersey zotini ko‘paytirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentga sovg‘a qilingan Musya aynan shu zotning vakili hisoblanadi. Jersey sigirlari nisbatan ixcham tuzilishi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, ularning sutida yog‘ va oqsil miqdori yuqori bo‘lib, A2 oqsilining ko‘pligi bilan ham qadrlanadi.

Lukashenkoga kuniga 30 litr sut beradigan sigir sovg‘a qilindi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu zot kamroq yem-xashak iste’mol qilsa-da, yuqori mahsuldorlikni namoyon etadi. Ayrim holatlarda bir bosh sigirning kunlik sut berishi 30 litrgacha yetishi mumkin.

Qiziqarli jihati shundaki, korxonada jersey zotini ko‘paytirish ishlari ham Musya laqabli bitta sigirdan boshlangan. U 11 yil davomida xo‘jalikda parvarish qilinib, bugungi naslchilik dasturining asoschisi sifatida e’tirof etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar